Jamiyat | 09:06 / 19.08.2020
5814
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda mulk talashgan ona va bolaning janjali tan jarohati yetkazish bilan tugadi

Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

2020 yil 1 avgust kuni soat 01:30larda Qarshi tumani “Jumabozor” mahallasida yashovchi, 26 yoshli N.Sh. mast holda nafaqaxo‘r onasi E.Z.dan “Damas” avtomashinasi va uy joylarini nomiga o‘tkazib berishni so‘ragan.

Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, kunora mast-alast yuradigan o‘g‘ilni aldamoqchi bo‘lganda ona va bola o‘rtasida dahanaki aytishuv boshlangan. 

Natijada, o‘g‘il onasini og‘izga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgach, o‘rtada janjal kelib chiqadi. Janjal vaqtida E.Z. qo‘liga temir bolg‘ani olib o‘g‘li N.Sh.ning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazadi.

Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

“Ota-onani hurmat qilish, ularning rozi-rizoligini olish har bir farzandning burchi. Bola har qancha xizmat qilmasin padari buzrukvori va volidai muhtaramasining haqini to‘liq ado etishi mushkul”, - deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid