Ijtimoiy tarmoqlarda Törtköl tumanida içki işlar bölimida komaga tuşib, vafot etgan fuqaro haqida xabarlar tarqaldi. Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV axborot xizmati holat böyiça izoh berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 26 iyul kuni soat taxminan 16:30larda Törtköl tumani IIB navbatçilik qismiga Törtköl tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yiğinidagi xonadonlar birida janjal bölayotgan haqida xabar berilgan.

Kelib tuşgan xabarga köra, hududiy profilaktika inspektori leytenant M.Jumaniyazov, şerigi profilaktika inspektori leytenant M.Jabbarbergenov bilan birga voqea joyiga yetib borişgan. 

Şu yerda yaşovçi fuqaro S.I. mast holda oila tinçligini buzayotganligi, badanida tan jarohatlari borligi aniqlanib, bemorga tez tibbiy yordam körsatiş maqsadida tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan va mutaxassislar tomonidan tibbiy körikdan ötkazilgan. Birlamçi taşxisga köra, fuqaro S.I. mastlik holatida ekanligi, ikkala oyoğining pastki qismida tirnalgan, yuz qismida şilingan jarohatlari mavjudligi qayd etilgan. 

Şundan söng, holatni rasmiylaştiriş maqsadida S.I. profilaktika inspektorining xizmat xonasiga olib kelinib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilayotgan vaqtda, fuqaro tobi qoçganligini ma'lum qilgan. Çaqirtirilgan tez tibbiy yordam xodimlari fuqaroning qon bosimi yuqori bölganligi sababli, uning turmuş örtoği Ç.X.ning kuzatuvi ostida tibbiy muolaja körsatiş uçun tuman tibbiyot birlaşmasiga olib ketişgan. 

Tibbiyot birlaşmasi xodimlari tomonidan fuqaro S.I. tibbiy körikdan ötkazilib, şu kuni soat taxminan 18:30larda uyiga javob berilgan.
Ertasi kuni, ya'ni 27 iyul kuni ertalab fuqaro S.I. huşiga kelmaganligi sababli uning oila a'zolari tomonidan tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan va holat haqida tuman içki işlar bölimiga xabar berilgan.

2020 yilning 11 avgust kuni fuqaro S.I. tuman tibbiyot birlaşmasi jonlantiriş bölimida tegişli muolajalarga qaramay koma holatidan öziga kelmasdan vafot etgan.

Hozirda mazkur holat böyiça Törtköl tumani prokuraturasi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Şu örinda ijtimoiy tarmoq yurituvçi va foydalanuvçilaridan barça kelib tuşayotgan ma'lumotlarni haqqoniyligini tekşirib, söng jamoatçilikka yetkazişingizni, yolğon ma'lumotlarni tarqatmasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi izohda.