Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati Nurota tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Mahkama xabariga köra, tumandagi “A” nomli MFY raisi D.X. tomonidan yaşaş uçun uy-joyi bölmagan hamda ehtiyojmand oila toifasiga kiritilgan ikki nafar fuqaroga xonadon sotib oliş uçun budjetdan ajratilgan mablağlardan 28,5 mln sömini uy-joyni ta'mirlab berişga va'da qilgan holda firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligi aniqlangan. 

Tergovga qadar tekşiruv davomida mahalla raisi D.X. qilgan işidan puşaymonlik bildirib, yetkazilgan zararning 19 mln sömini öz ixtiyori bilan qaytarganligi protsessual rasmiylaştirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan D.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.