Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2018 yil 28 noyabrdagi 4037-son Qarori doirasida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi örtasida Andijon viloyatida Paytoq kiçik GESi, Janubiy Farğona kanali 1A – kiçik GESi va 2A – kiçik GESi qurilişi hamda Çorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oşiriş loyihalarini moliyalaştiriş uçun 20 yil muddatga 55,8 mln yevrolik kredit ajratilişi böyiça zayom kelişuvi imzolandi.
Keyingi bosqiçda uşbu kredit mablağlari loyihalar doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi protseduralariga muvofiq, tender savdolari asosida zamonaviy texnologik uskunalar xaridiga va quriliş işlariga yönaltiriladi.
Umumiy qiymati 52,5 mln yevroga teng Paytoq kiçik GESi, Janubiy Farğona kanali 1A – kiçik GESi va 2A – kiçik GESi qurilişi uçun kreditning 46,5 mln yevroga teng qismidan foydalaniladi.
Uşbu loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasi Fransiya taraqqiyot agentligi buyurtmasiga muvofiq «ISL», «IED», «R-plus» konsultantlar konsorsiumi tomonidan işlab çiqilgan. Investitsiya loyihalari doirasida 11,1 mln yevrolik quriliş-montaj işlari amalga oşirilişi hamda 26,9 mln yevrolik texnologik uskunalar keltirilişi rejalaştirilgan.
Uşbu yangi kiçik GESlarni 2023 yilda foydalanişga topşiriş közda tutilmoqda.
Mazkur loyihalarni amalga oşirilişi 51,2 mln. kVt.soat arzon va ekologik sof elektr energiya işlab çiqariş, 15 ta qöşimça iş örinlarini yaratiş, mamlakat energetika balansida gidroenergetika uluşining ösişi va yoqilği resurslarini tejaş, elektr energiyaga tobora ösib borayotgan talabni qondiriş imkonini beradi.

Bundan taşqari, Çorvoq GESda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan qiymati 33,95 mln yevroga teng «GES faoliyati xavfsizligini ta'minlaş böyiça loyiha»ni moliyalaştiriş uçun jalb qilinayotgan kreditning 9,3 mln yevrolik qismi yönaltiriladi.
Respublikamizda ekologik toza, qayta tiklanuvçi elektr energiyasi işlab çiqariş manbasi hisoblangan gidroenergetika sohasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi PQ–2947-son Qarori bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari Dasturi» asosida yanada rivojlanmoqda.
Uşbu dasturga muvofiq, «Özbekgidroenergo» AJ tomonidan «Loyihalar fabrikasi» mexanizmini joriy qilgan holda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangidan yangi loyihalarning uzluksiz işlab çiqarilişi hamda Investitsiya dasturiga kiritilib, samarali amalga oşirilişi ta'minlanmoqda.















