Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida Karim Kamolov xonadoniga kelib, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi, judolikni yengişda sabr-toqat tiladi.

Davlat rahbari marhumning el-yurt farovonligi yölidagi xizmatlarini e'tirof etdi.

- Rahmatli Karim aka juda yaxşi inson edi, beğubor qalb egasi, noyob mehnatsevar kişi edi. Buxorodagi özgarişlarga köp mehnatlari singgandi. Rejalari ham ulkan edi. Beqiyos halollik va sadoqat bilan, özini öylamay, odamlarning manfaati uçun işladi. Bir paytlar adolatsizlik tufayli boşidan keçirgan kunlari ham uning soğliğiga öz ta'sirini ötkazmay qolmadi. U kişining fidokorona xizmatlarini davlatimiz, xalqimiz aslo unutmaydi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şundan söng Bahouddin Naqşband maqbarasi ziyorat etilib, Qur'on tilovat qilindi.