Moliya vazirligi Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşirilgan davlat xaridlari böyiça batafsil ma'lumotlarni e'lon qildi.
Hisobotlardan kimga qança mablağ ajratilgani, davlat xaridlari böyiça tuzilgan şartnomalar, yetkazib beruvçilarning benefitsiarlari kabi axborotlar örin olgan.
Şu maqsadda Moliya vazirligi saytida interaktiv sahifa oçilgan. Ayni paytdagi ma'lumotlar 18 avgust holatiga keltirilgan bölib, sahifa har haftada yangilab borilişi ma'lum qilindi.
Uşbu ma'lumotlarning oçiqlanişi endilikda keng jamoatçilikka mustaqil suriştiruvlar ötkaziş imkonini beradi.
Eslatib ötamiz, Inqirozga qarşi jamğarmaga 10 trillion söm yönaltirilgan bölib, u uçta xalqaro taşkilotdan olingan qarzlar hisobiga şakllantirilgan: 41,9 foiz – Osiyo taraqqiyot banki, 37,9 foiz – Xalqaro valuta jamğarmasi, 20,2 foiz – Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablağlardir.
18 avgust holatiga köra, jamğarmadan 8 448,7 mlrd. söm miqdorida mablağ ajratilgan bölib, şundan 6 753,5 mlrd. sömi tegişli taşkilotlar tomonidan özlaştirilgan.



















