Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini işlab çiqiş va kelişişning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Özbekiston prezidentining “Tashkent Central Park köp tarmoqli majmuasi qurilişi böyiça investitsiya loyihasini amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaror loyihasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga taqdim etildi.

Qömita matbuot xizmati xabariga köra, qaror loyihasi bilan Taskent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim Sirketi kompaniyasi (Turkiya) va UzTur Investment and Development MÇJ örtasida 2020 yil 27 may kuni Tashkent Central Park köp tarmoqli kompleksini qurilişi” investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça investitsiya şartnomasi imzolanganligi körsatilgan.

Qaror loyihasida investor 2024 yil 1 yanvargaça:

a) yagona ijtimoiy tölovdan taşqari barça turdagi soliqlar va yiğimlardan, xorijiy mutaxassislarining iş haqi fondi böyiça yagona ijtimoiy tölovdan, “vaqtinça olib kiriş” bojxona rejimida olib kiriladigan va rasmiylaştiriladigan quriliş texnikasi, maşina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, vaqtinçalik bino va inşootlar, transport vositalari davriy bojxona tölovlaridan, qöşilgan qiymat soliğidan – investorlar, pudrat va subpudrat taşkilotlari Özbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan işlar (körsatiladigan xizmatlar) böyiça, jismoniy şaxslardan olinadigan foyda soliğidan – investitsiya loyihasida iştirok etuvçi xorijiy mutaxassislar;

b) 2022 yil 1 yanvarga qadar – texnologik hujjatlar, materiallar, xomaşyo, uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovçi buyumlar, şuningdek metall prokatini olib kirişda bojxona tölovlarini tölaşdan (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlardan taşqari), 2022 yil 1 yanvardan 2024 yilga qadar esa – örnatilgan tartibda tasdiqlanadigan röyxatlar asosida yuqorida qayd etilgan tovarlar olib kirilganda bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlar va qöşilgan qiymat soliğidan taşqari) ozod qilinişi belgilanmoqda.

Şuningdek, qaror loyihasida investorlar, pudratçilar va subpudratçilarga investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida olib kiriladigan tovarlarni özining saqlaş uçun omborxonalariga joylaştirişga ruxsat berilmoqda.

Qayd etilişiça, “Raqobat töğrisida”gi qonunning 12-moddasiga muvofiq, davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim xöjalik yurituvçi sub'yektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat körsatayotgan boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlarga nisbatan afzal holatga qöyadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravişda berişi ta'qiqlanişi körsatilgan.