Guardian naşrida naşr etilgan xabarga köra, butun Britaniyada epidemiya avjiga çiqqan davrda 3 mingga yaqin bemor nafas oliş moslamalariga ulangan bölsa, hozirda ularning soni 70 nafarni taşkil qilmoqda. Ammo uşbu mamlakatning köplab mintaqalarida virusga çaliniş holatlari soni ortib bormoqda.

Uşbu tendensiyaning sababi nima bölişi mumkin?
Guardian naşriga intervyu bergan şifokorlar uşbu tendensiya yuzasidan turli fikr-mulohaza bildirişdi.

Ba'zi mutaxassislarining fikriça, endilikda bemorlarga dastlabki kunlarga qaraganda ança samarali tibbiy yordam körsatilmoqda. Masalan, deksametazon preparati intubatsiyalangan bemorlarning soğayiş darajasini oşirmoqda.

Ayrim olimlarning fikriça, bu jarayonda boşqa bir omillar ham mavjud bölişi mumkin.

Yana bir qaraşga köra, Covid-19 hozirgi kunda, asosan, yoşlar orasida tarqalmoqda va şu bois ham ölim körsatkiçi kamaygan.

Bu eng yomoni ortda qolganini anglatadimi?
Yöq. AQŞ ekspertlari uşbu mamlakatda sönggi paytlarda, ayniqsa, 20-30 yoşdagilar orasida epidemiya avj olganini bildirişdi.

Ammo köp ötmay, yoşlardan kasallikni yuqtirib olgan keksalarning soni ortib, ölim körsatkiçida ham ösiş kuzatilgan.

Endilikda mutaxassislar xuddi şunga öxşaş holat Yevropa mamlakatlari, xususan, Britaniyada ham yuz berişini, ölim darajasi uşbu mamlakatda ham yana ortişi mumkinligini ta'kidlaşmoqda.

Koronavirusning ölim darajasi pasayişi mumkinmi?
Bu qaraşni qöllab-quvvatlaydigan ba'zi olimlar bor.

Ularning sözlariga köra, viruslarning aksariyatida vaqt ötişi bilan ölim darajasi pasayadi va Covid-19 özgarişga uçraydi. 

Ammo bu nuqtayi nazarga qarşi mutaxassislar mazkur jarayonning u qadar tez sodir bölmasligini aytişmoqda.

Yana bir qaraşga köra, ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilingan taqdirda insonlarning bir-biriga koronavirusni yuqtiriş dozasi sezilarli darajada kamayadi. Unga köra, immunitet tizimi past dozalarda yuqtirib olingan virus bilan osonroq kuraşa oladi. Bu esa, öz navbatida, ölim darajasi pasayişiga sabab böladi.