Barno Abdusamatova

«Biz bu darajaga hali erişganimiz yöq. Töğri, kuz kelişi bilan yoğingarçilik natijasida namlik boşlanadi. Koronavirus sovuq va namgarçilikni yaxşi köradi.

Şu bilan birga bu faslda yana köpgina surunkali kasalliklar qözğalişi natijasida bemorlarda immunitet pasayib, kasallik yuqtirişga moyilligi oşadi. Bu esa kasallar soni ortişi xamda ularning oğir formasi köproq kuzatilişiga sabab böladi», - dedi u.

Şuningdek, fuqaroning hozirda köp davlatlarda jamoaviy immunitet hosil qiliş yöli bilan koronavirusga qarşi kuraş yöli tanlaganini aytib, bizda ham bu rejalaştirilyaptimi, deya yöllagan savoliga ham javob berildi.

«Albatta, bu ham koronavirusga qarşi bir usul. Lekin bu juda xavfli. Koronavirusga nisbatan ommaviy immunitet şakllanişi uçun aholining 60 foizdan 80 foizgaça qismi kasallanib, soğayişi kerak.

Köplab odamlarning hayotini, ayniqsa xavf guruhiga kiruvçi: surunkali kasalliklari bor, yoşi kattalar, homiladorlar va bolalarni xavf ostiga qöyişimiz mumkin. Köp odamlarning kasallanişi, davolanişi va immunitet hosil qilişi uçun bir neça yillar kerak böladi. Şuningdek epidemiyani oldini olmasak, infeksiya tarqalişi rivojlanib ketadi. Oqibatda kasallaniş holatlari ortib ketadi, buning natijasida klinikalarda bemor köpayib, sohaga bosim ortadi, ölim soni ortadi.

Şuning uçun uşbu yölni Özbekiston heç qaçon tanlamaydi. Aksinça pandemiyani nazoratda uşlab turib köp vaqt davomida kamroq odamlar kasal bölişiga erişişimiz mumkin. Şu davr içida esa vaksina masalasi ham hal bölişi mumkin», - dedi savolga javoban Barno Abdusamatova.