Farmon bilan, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash ishiga o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun 99 kishi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan
- Abdullayev Murod Bobojonovich – Olot tumani tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati
- Isoqulov To‘lqin O‘rolovich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Harbiy-tibbiy boshqarmasi boshlig‘i
- Kariyev G‘ayrat Maratovich – Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
- Navro‘zov Mahmadali – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining bolalar xirurgiyasi bo‘limi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
- Rahimqulov Xudoyqul Hakimovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘i
- Sotvoldiyeva Mahbuba Nasirdinovna – Farg‘ona tumanidagi «Shohimardonobod» qishloq vrachlik punki mudiri, Farg‘ona viloyati
- Inoyatova Flora Ilyasovna – Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari
- Ergashova Muxtasarxon Yo‘ldoshevna – Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Andijon viloyati
- Sagirov Anvar Midxatovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali direktori
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
- Hojiboyev Abduhakim – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
- Jumayev Baxtiyor Shernovich – Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi infeksionisti, Surxondaryo viloyati
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan










