Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi doim suv bosadigan ko‘cha 7 milliard so‘mga ta'mirlanmoqda
Samarqand shahridagi Chuquryo‘l ko‘chasini ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda shahar hokimligi rasmiy saytida xabar berilgan.
Xabarda aytilishicha, Chuquryo‘l ko‘chasini ta'mirlash jarayonida 1 400 metr masofada yer ostidan diametri 1 600 bo‘lgan temirbeton o‘tqaziladi. Loyiha qiymati 7 milliard so‘m atrofida bo‘lgan qurilish ishlarini yil yakuniga qadar yakunlanishi kutilmoqda.

Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov boshchiligida start berilgan qurilish ishlari avvalida Qur'on tilovat qilindi va qo‘y so‘yildi.



Ma'lumot uchun, Samarqand shahridagi Chuquryo‘l ko‘chasi samarqandliklar orasida «Makaronka» deb ataladi (chunki bu yerda makaron zavodi bo‘lgan). Yomg‘ir yog‘ishi bilan bu ko‘chani birinchi bo‘lib suv bosadi. Bu ko‘chada asosan mashina tazutuvchi ustaxonalar va ehtiyot qismlari do‘konlari joylashgan. Yog‘ingarchilik kunlarida bu ko‘chadan mashinada yoki piyoda o‘tishning imkoni bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026