18:50 / 29.08.2020
9230

Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumiga qabul jarayonlari boshlandi

2020 yilning 25 avgustidan 2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumiga qabul jarayonlari boshlandi.

2020 yilning 25 avgustidan 2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumiga qabul jarayonlari boshlandi.

Filialga abituriyentlarning hujjatlari 2020 yilning 25 avgustdan – 25 sentyabrga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.

Kasb va mutaxassisliklarni egallash istagida bo‘lgan shaxslar shu jumladan 11-sinf bitiruvchilari o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirishlari mumkin. Texnikumda o‘qish davri 2 yil etib belgilangan.

Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumining tayyorlov yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

– sport faoliyati (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, tennis, yengil atletika, og‘ir atletika, badiiy gimnastika, boks, erkin kurash);

– yengil sanoat konstruksiyasi va texnologiyasi (ayollar kiyimi tikuvchisi, erkaklar kiyimi tikuvchisi, bolalar kiyimi tikuvchisi, ustki kiyim tikuvchi);

– yong‘in xavfsizligi muhofazasi.

Shuningdek, ta'lim olishni istagan fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish www.texnikum.edu.uz elektron dasturi orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Elektron platforma orqali qo‘yidagi hujjatlar qabul qilinadi:

– elektron ariza;

– umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;

– 3x4 fotosurat.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta'lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun haftaning dushanbadan-shanba kuniga qadar soat

9:00-18:00gacha murojaatlar markazi (“Call center”) faoliyati tashkil etilgan.

Murojaat uchun telefonlar:

Daminov Shuhratjon (93) 674-74-74, (94) 174-00-36 (telegram).

(69) 482-57-00, (69) 482-56-00, (69) 482-56-01.

Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! O‘rinlar soni cheklangan.

Manzil: Namangan viloyati Uychi tumani, Amir Temur ko‘chasi 1-uy.

Elektron manzil: uychisport@mail.ru

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Top