Jizzax viloyati Döstlik tumanidan Baxtigul Hamroyeva murojaat qilib, oilasi bilan oğir şaroitda yaşab kelayotgani va davlat tomonidan qurilayotgan arzon uy-joylardan ololmayotgani haqida yozgandi. Biz holatni örganiş maqsadida Döstlik tumanida böldik.

Oçiği, Baxtigul opa sizni özi izlab topmasa, u kişi yaşayotgan joyni topa olmaysiz. Ayol qarovsiz, ötgan asrning ming bitta asorati urib turgan Avtoyöl korxonasiga tegişli xaroba makonda 9 yildan beri yaşab kelyapti. Ötgan yili turmuş örtoği uzoq xastalikdan vafot etgaç, voyaga yetmagan ikki farzandi bilan qolgan.


B.Hamroyeva bizni özi yaşayotgan manzilga boşladi. Hozirgi vaqtda «Döstlik don mahsulotlari» AJda işlab, rözğor tebratayotgan ekan.



Ayolning aytişiça, u 2019 yilda ariza berib, uy-joyga muhtoj oilalar uçun qurilayotgan uylardan birini 20 yil muddatga ipoteka krediti asosida sotib olmoqçi ekanini bildiradi. Tuman hokimligi bunga javoban ariza «Oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bölgan, kam ta'minlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj onalarga arzon uy-joylar beriş tartibi töğrisida»gi nizom talablariga mos kelişi, ammo 2019 yilda foydalanişga topşiriladigan uy-joylar band qilingani sababli 2020 yilda qurilişi közda tutilgan uy-joylarga talabgorlar röyxatiga kiritilişi tuşuntiriladi.




























