Joriy yilning 2 sentabr kuni Butunjahon intellektual mulk taşkiloti va Kornell universiteti tomonidan Global innovatsion indeks reytingining navbatdagi soni e'lon qilindi.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi xabariga köra, Özbekiston uzoq muddatli tanaffusdan söng yana qayta Global innovatsion indeksi reytingida röyxatga kiritilgan.
Özbekiston sönggi marotaba 2015 yil uşbu xalqaro reytingda 140 dan ortiq davlatlar içida 122-örinni egallagan. 2020 yilda respublika 131 dan ortiq dunyo mamlakatlari içida 93-örinni egalladi.
2020 yilda 80ta körsatkiçlardan iborat bölgan Global innovatsion indeks reytingida Özbekiston dunyo mamlakatlari içida Institutsional rivojlaniş (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infratuzilma (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yönalişlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erişgani aytiladi.
Global innovatsion indeks reytingda yetakçilik qilayotgan davlatlar, respublikaga qöşni bölgan va boşqa ayrim iqtisodiyotlarning ham 2020 yildagi erişgan natijalari keltirilgan. Şveytsariya - 1-örin, Rossiya - 47-örin, Qozoğiston - 77-örin, Qirğiziston - 94-örin, Tojikiston - 109-örin.
– 2020 yil Özbekiston Global innovatsion indeksiga qaytdi, – deb şarh berdi innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov. – Mana şu qaytişning özi yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning ijobiy natijasidir. Özbekistonning 93-örinda bölişi hozirgi paytda ilm-fanga berilayotgan e'tibor, innovatsion rivojlanişiga qaratilgan resurslarning samarasidir. Oxirgi yillarda ilm-fanga kiritilgan investitsiyalar, normativ-huquqiy hujjatlar bazasining şakllantirilişi, eng muhimi, olimlarga yaratilayotgan şart-şaroitlar va ijod erkinligi Global innovatsion indeksdagi örnimizni belgiladi. Buni kelajakda ilm-fan va innovatsiyalarga investitsiyalarni jalb qiliş uçun bir qadam deb hisoblaş mumkin.
Global innovatsion indeks 15ta xalqaro indeks, 4ta Jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan sörovnomalar va 61ta körsatkiçlarga tegişli miqdoriy statistik ma'lumotlardan taşkil topgan.













