Raufxon Salaxöjayev Loyiha boşqaruv milliy agentligi, Innovatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi, Respublika Oliy biznes va boşqaruv maktabi hamda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan taşkil etilgan Boşqaruv innovatsiyalari kunlari doirasida Özbekistonning Global innovatsion indeksga kirişining dolzarbligi va Özbekistonga kuçli 50talikka kirişda öz pozitsiyasini kuçaytirişga yordam berişi böyiça öz taqdimoti bilan çiqiş qildi.

Global innovatsion indeks (The Global Innovation Index) - bu global tadqiqotlar va dunyo mamlakatlaridagi innovatsiyalarning rivojlaniş darajasi böyiça reytingi. U Fransiyaning INSEAD Xalqaro biznes maktabi uslubiyati böyiça hisoblanadi.

Indeks 82 ta turli körsatkiçlardan iborat bölib, ular iqtisodiy rivojlanişning turli darajalaridagi mamlakatlarning innovatsion rivojlanişini batafsil tasiflaydi. Şu bois indeks ikki guruh körsatkiçlari bahosining yiğindisi hisoblanadi.

Birinçi guruhga innovatsiyalar uçun mavjud resurslar va şaroitlar kiradi (Innovation Input): - institutlar, inson kapitali va tadqiqotlar, infratuzilma, içki bozorni rivojlantiriş, biznesni rivojlantiriş.

Ikkinçi guruhga innovatsiyalarni joriy etişda erişilgan amaliy natijalar kiradi (Innovation Output): - texnologiyalar va iqtisodiy bilimlarni rivojlantiriş, ijodiy faoliyat natijalari.

Şu tarzda, yakuniy indeks xarajatlar va samaralar nisbatini ifodalaydi, bu esa u yoki bu mamlakatdagi innovatsiyalarni rivojlantirişga qaratilgan harakatlar samaradorligini xolis baholaşga imkon beradi.

Taqdimotda Raufxon Salaxöjayev Global innovatsion indeks mamlakatning iqtisodiy rivojlaniş darajasi, şuningdek, eksport darajasi bilan uzviy boğliqligini ta'kidladi. Şuningdek, Özbekiston iqtisodiyotining innovatsion rivojlaniş poğonalariga ötişiga imkon beradigan zaxiralarga, jumladan ilmiy faoliyatni rağbatlantiriş, kapital bozorini rivojlantiriş, ta'lim va AKT sohasini sifatli isloh qilişga alohida e'tibor qaratiş zarurligi qayd etildi.