«Mançester Yunayted» hamda Rossiya milliy jamoasi sobiq futbolçisi sanalmiş Andrey Kançelskis hozirgi kunda Namanganning «Navbahor» klubi boş murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Yaqinda koronavirus yuqtirib olgan mutaxassis Rossiyaning «Sport-Ekspress» naşriga intervyu berib, davolaniş jarayoni, Superliga, Oston Örunov va Jasur Jaloliddinov haqidagi savollarga javob qaytardi.

«Koronavirus tufayli öpkamning 20 foizi zararlangan»

— Andrey, özingizni qanday his qilayapsiz?

— Rahmat, hozir ança yaxşiman. Payşanba kunidan buyon şifoxonadaman, davolaniş muolajalarini olayapman. Kuniga uç mahal ukol qilişayapti. Aslida topşirgan testimda koronavirus aniqlangaç, darhol şifoxonaga yotmoqçi böldim, ammo Toşkentda bu borada muammolar bor. Hamma joy band.

 — Kasallanganlar nahotki şu daraja köp?!

— Men hali davolaniş bepul bölgan klinikalar haqida gapirmadim. Hattoki pulga ham böş koykalarni topiş qiyin. Kompyuter tomografiyasidan ötişim uçun bir soat navbatda turişimga töğri keldi.

— Dahşat.

— Oxir-oqibat döstlarim maxsus Covid-19ni davolaydigan xususiy klinika bilan gaplaşişdi. Bu yerda yuqori malakali şifokorlar bor. Töliq tekşiruvdan ötkazişdi, tahlillar topşirdim. KT orqali tekşirilganda esa öpkamning 20 foizi zararlangani ma'lum böldi. Şifokorlar: «Öz vaqtida murojaat etdingiz, yana 1-2 kun keçiksangiz jiddiy muammoga yöliqardingiz», deyişdi.

— Qaçon kasallandingiz?

— 28 avgust kuni. Dastlabki kunlarni mehmonxonada xonamdan çiqmay ötkazdim. Na yötal, na isitma bor edi. Tösatdan isitmam 39 darajaga çiqdi. Darhol şifoxonaga yotişim kerakligini tuşundim.

— Hid seziş yöqoldimi?

— Yöq. Biroq holsizlik şu daraja qamrab oldiki, heç narsa yoqmay qolgandi. Na yeyiş, na içiş, na gapiriş. Faqat töşakda yonboşlardim. Yo uxlardim yoki şiftga tikilib ötirardim. Iştaham yöq, faqat çanqadim. Bir neça kun içida 5 kiloga ozdim.

Şifoxonada esa ança tuzaldim. Hozirga kelib iştaham oçilgan, özimni tetik his qilyapman. Ayniqsa, kasallikning asoratlari oğir bölmaganidan xursand bölayapman. Ahvolim kundan-kunga yaxşilanib bormoqda.