«Navbahor» PFK hamda rossiyalik murabbiylar - Aleksey Belenkov va Andrey Kançelskis bilan boğliq masala ijobiy yakun topdi. Har ikki tomon – ya'ni, klub va murabbiylar özaro kelişuvga asosan, bir-biriga nisbatan heç qanday da'volari yöqligini bildirişdi. Bu borada yana batafsil ma'lumot beriladi», - deya yozadi klub matbuot xizmati.
Andrey Kançelskis va Aleksey Belenkov 2019-2020 yilgi mavsumda «Navbahor» murabbiylar ştabida faoliyat olib borib, şartnomani bekor qilgan holda jamoani tark etgandi.
Şundan söng, FIFA Namanganning «Navbahor» klubiga rossiyalik mutaxassis Aleksey Belenkovga 520 ming AQŞ dollari miqdorida, Andrey Kançelskis foydasiga esa 1,6 million yevro tovon puli tölaş majburiyatini yuklagandi. Oqibatda uşbu qarzdorlik sababli Namangan klubi OFK litsenziyasini ololmagandi.
Eslatib ötamiz, ötgan haftada Andrey Kançelskis 1,6 million yevro tovon puli masalasida unga tahdid bölgani, uşbu mablağ örniga 80 ming yevroga rozi bölmasa unga tan jarohati yetkazişlari haqida noma'lum kimsalar tomonidan tahdid qilingani aytilgandi.

















