Namanganning «Navbahor» klubi rossiyalik murabbiy Andrey Kançelskisga 1,6 million dollar miqdorida qarz tölab berişi kerak. Bu boradagi FIFA qarori surati tarqaldi. Unda yozilişiça, Namangan klubi Kançelskisga 30 kun içida 1,6 million dollar tölab berişi kerak. Şuningdek, har bir undirilgan tölovdan 5 foiz xizmat haqi ham belgilangan.

Hujjatda Kançelskisning «Navbahor»dagi oylik maoşi 34,5 ming dollar bölganini köriş mumkin. Tarqalgan hujjatga köra Namangan klubi rossiyalik murabbiyga 9 oylik maoşini (300 ming dollardan köproq) va qöşimça 1,3 million dollardan köproq kompensatsiya tölab berişi lozim.

«Navbahor» klubi rasmiy saytida bu borada bayonot e'lon qilindi. Unda aytilişiça, qaror hali kuçga kirgani yöq va unda bunday jarimaga nima asos bölgani keltirilmagan.

«FIFAning Futbolçilar maqomi böyiça qömitasi tomonidan 2021 yil 25 avgust kungi «Navbahor» klubi va Andrey Kançelskis işi böyiça qabul qilgan FPSD-256-sonli qarori hali qonuniy kuçga kirmagan. «Navbahor» PFK uşbu qaror qaysi asoslarga köra qabul qilingani böyiça xabardor qilinmagani sabab tegişli tartibda e'tiroz (şikoyat) yöllaydi.

«Navbahor» FIFA qabul qilgan mazkur qarorning asoslovçi qismini hali olmagan, qarorning nima sababdan bunday köriniş olganidan bexabar. Qaçonki mazkur qaror yuzasidan asoslovçi sabablar körsatilib, jarayondan töliq xabardor bölganimizdan keyin, uşbu qarorga e'tiroz bildiriladi.

Futbol jamoatçiligi, xususan, mamlakatimizdagi sportga ixtisoslaşgan naşrlardan bunday pallada şoşilinç xulosa çiqarmaslikni, mazkur vaziyatda har ikki tomon manfaatlarini nazarda tutgan holda, rasmiy hujjatlar qonuniy kuçga kirgandan keyin, şunga köra munosabat bildirişni sörab qolamiz. Çunki, har qanday yangliş xulosa ta'sirida qilinadigan turli çiqişlar futbol jamoatçiligida notöğri fikr şakllanişiga olib kelişi mumkinligini inobatga oliş darkor», deyilgan Namangan klubi bayonotida.

Ma'lumot uçun, Andrey Kançelskis 2018-20 yillarda ikki muddat «Navbahor» klubini boşqargan.