1 dekabr kuni Rossiya naşrlarida Namanganning «Navbahor» klubi sobiq boş murabbiyi Andrey Kançelskisga noma'lum şaxslar tomonidan tahdidlar bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Mutaxassisning ma'lum qilişiça zöravonlar undan FIFA orqali özbek klubidan undirmoqçi bölayotgan 1,6 million yevro mablağ masalasida talabini pasaytirişni, aks holda uni mayib qilişlarini aytib, qörqitişgan. Uşbu mojaroli vaziyat Rossiya futbol hayotidagi asosiy voqeaga aylanmoqda.

Özi nima bölgan edi?

2020 yilda Kançelskis maoşlar masalasidagi qarzdorlikdan söng Namangan klubini tark etgandi. Köp ötmay, u FIFAga bu masalada murojaat qilgaç, futboldagi boş taşkilot «Navbahor»dan rossiyalik murabbiy foydasiga jami 1,6 million yevro miqdoridagi tovon puli va qarzdorlikni undiriş haqida qaror çiqargan.

22 noyabr kuni keçga yaqin Moskvadagi «Oazis» restoranida ovqatlanayotgan Kançelskis yoniga uç nafar noma'lum şaxs kelib, undan Özbekistonda işlagani va 80 ming AQŞ dollari miqdorida tölov qiliş böyiça taklif olgani haqida söraşadi. Ungaça esa aynan şunça mablağ bilan masalaga nuqta qöyiş haqida «Navbahor» klubi prezidenti Kançelskisga taklif bilan çiqqan edi.

«Siz sudga berdingiz. Endi heç narsa ololmaysiz! Agar şu mablağga (80 ming AQŞ dollari) rozi bölmasangiz, bir umrga mayib bölasiz. Oyoğingni sindiramiz, aravaçada yurasan», deya gumondagi şaxslardan birining sözlarini keltiradi «Mutko protiv» Telegram-kanali kuzatuv kameralaridagi videoni keltirib.

«Navbahor» sobiq ustozi tahdidlardan söng politsiyaga murojaat qilgan. Qayd etilişiça, Kançelskisni ançadan buyon kuzatişgan. Restoran işçilarining sözlariga köra, bu şaxslar bu yerga oldin ham bir neça marta kirib, rossiyalik murabbiyni şu yerdan izlaşgan.

«Taklifdan boş torsam, oyoq va qöllarimni sindirişlarini aytişdi»

Kançelskis «SE» bilan suhbatda bölgan voqealarni aytib berdi.

«Politsiyaga murojaat qilganimiz rost. Ammo bu ma'lumot qanday qilib OAVda paydo bölgani qiziq. Organlarimiz qanday işlaşi men uçun tuşunarsiz. Barça tahdidlar FIFA va UYeFAga yetkaziladi. Bu iş bilan hozir jiddiy şuğullanişimiz kerak. Politsiyadan hozirça olganimiz – uşbu ma'lumotni kutilmaganda tarqalişi böldi, boşqa heç qanday reaksiya bölgani yöq. Öylaymanki, tez orada ma'lumot köproq böladi. Bu kimsalarni tezroq topib, qonun doirasida çora körişlarini xohlayman.