Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, quyidagi 25 nomzod Jo‘qorg‘i Kengesda bo‘sh qolgan 5ta deputatlik o‘rni uchun kurash olib boradi:
1. Nukus shahri bo‘yicha (4-sonli «Ye. Alako‘z» saylov okrugi) nomzodlar:
- Abdikalikov Ikram Yerejyepbayevich — 1987 yili tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zosi, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
- Ayimbetova Gulxatsha Aymanovna — 1961 yili tug‘ilgan, «Adolat» SDP a'zosi, «Ayqulash» qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli vokal artisti;
- Jarimbetov Iskender Utegenovich — 1984 yili tug‘ilgan, O‘zMTDP a'zosi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi bosh mutaxassisi;
- Jumaniyazov Ulugbek Iskanderovich — 1980 yili tug‘ilgan, O‘zEkoPartiya a'zosi, gimnastika sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori;
- Qusbatirov Xamit Nurashovich — 1977 yili tug‘ilgan, O‘zXDP a'zosi, Nukus shahri «O‘rnek» MFY raisi.
2. Ellikqal'a tumani bo‘yicha (20-sonli «Sarabiy» saylov okrugi) nomzodlar:
- Nurumbetov Ulug‘bek Karimberdiyevich — 1965 yili tug‘ilgan, O‘zXDP a'zosi, Ellikqal'a tumani «Chayka alternativlik mashina traktor parki» MChJ direktori;
- Otemuratov Bairambay Perdebayevich — 1977 yili tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zosi, Nukus davlat pedagogika instituti rektori;
- Sadullayev Dilshodbek Baxromovich — 1990 yili tug‘ilgan, O‘zMTDP a'zosi, Ellikqal'a tumani Axborot-kutubxona markazi direktori;
- Saparbayev Ilxam Maxsatbayevich — 1988 yili tug‘ilgan, «Adolat» SDP a'zosi, NDPI Ellikqal'a pedagogika fakulteti dekani o‘rinbosari;
- Yuldashev Baxram Abdullayevich — 1970 yili tug‘ilgan, O‘zEkoPartiya a'zosi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Ellikqal'a tumani bo‘lim boshlig‘i.
3. Beruniy tumani bo‘yicha (25-sonli «Navbahor» saylov okrugi) nomzodlar:
- Abdullayev Sardorbek Jumanazarovich — 1983 yili tug‘ilgan, «Adolat» SDP a'zosi, partiyaning Beruniy tumani kengashi raisi;
- Artiqov Qahramon Saparbayevich — 1980 yili tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zosi, Beruniy tumani «To‘qimachi» MFY raisi;
- Yerniyazov Kakimbek Aqilbekovich — 1992 yili tug‘ilgan, O‘zEkoPartiya a'zosi, Respublika ma'naviyat-marifat markazi Beruniy tumani bo‘limi bosh mutaxasissi;














