Kun.uz'da bugun, 14:45 da «Urgutdagi ikki qişloq mojarosi: nuroniylar özaro murosa yölini qidirişlari kerak emasmidi?» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Unda Urgutdagi ikki qişloqning suv talaşgani mojarosi haqida söz borgan.

Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati bu borada hokimlik munosabatini e'lon qildi.

«Azal-azaldan aholi ziç joylaşgan hududlarda yer va suv masalasi dolzarb muammolar sirasiga kirgan. 513 mingdan ortiq aholi yaşovçi Urgut tumanining toğli hududlarida ham şu kabi masalalar ba'zida közga körinib, ba'zida aholi tortişuvlariga sabab bölmoqda.

Jumladan, «Kamongaron» va «Vağaşti» mahallalarida ham uzoq yildan buyon içimlik suvi taqsimoti bilan boğliq muammo mahalliy aholining e'tirozlariga sabab bölib kelayotgan edi. Uşbu ikki qişloq ahlining içimlik suviga bölgan talabini qondiriş, tun-u kun kafolatlangan toza içimlik suvi ta'minotini yölga qöyiş maqsadida bugungi kunda qator loyihalar işlab çiqilmoqda.

Bugun «Kamongaron» va «Vağaşti» mahallalarining faollari bilan ötkazilgan uçraşuvlarda şu mavzu atrofliça muhokama etildi.

Erkinjon Turdimov bir hafta muddat içida mavjud suv tarmoqlarini tozalaş, ayrim hududlarda ta'mirlaş-tiklaş işlari olib borilişini ma'lum qilgan holda parallel ravişda bugungi kunda aholini qiynab kelayotgan sutka davomida 2-3 soat yetkazib berilayotgan toza içimlik suvi masalasini yaxşilaş, ya'ni 24 soat davomida suv ta'minotini ta'minlaş imkonini beruvçi suv taqsimlaş hamda tozalaş inşootlarini barpo etiş böyiça loyihalar işlab çiqilayotganini ma'lum qildi.

Viloyat hokimi loyihalar tuzilişida hudud aholisining fikrlari, takliflari ham hisobga olinayotganligini qayd etdi.

Tez fursatda loyiha takliflari taqdimoti ötkazilib, mahalliy aholi bilan hamfikrlikda maqbul loyiha taklifini amaliyotga tadbiq etiş borasida işlar boşlanişi bildirildi. Viloyat hududlarida aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş borasidagi işlar davom etmoqda», deyiladi viloyat hokimligi bayonotida.