Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 23 yoshli qiz ikki nafar erkakni do‘pposladi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 25 iyun kuni soat 17:30da 23 yoshli G.A. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Namangan viloyati Norin tumani Zarbdor MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 33 yoshli U.A.ni hech bir sababsiz qasddan qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, do‘pposlab tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bundan tashqari G.A. o‘zining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, bezorilik harakatlarining oldini olayotgan 30 yoshli A.N.ga faol qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘llari bilan qasddan bir necha marotaba urgan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:32 / 10.06.2026
Yo‘l talashib ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi
13:51 / 24.04.2026
Chirchiq shahrida ko‘cha yechimi va bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
10:39 / 11.03.2026