Qaşqadaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarini dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlaşga mahalliy budjetdan 2 milliard 363 million söm mablağ ajratildi. 

Viloyat hokimligi xabarida aytilişiça, uşbu mablağlarga 4300 dona pirometr, 6900 dona dozator va boşqa antiseptik vositalar olib kelinmoqda. 

Qayd etilişiça, ta'lim jarayonini taşkil etişda qöllaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham öqituvçi yoki öquvçilar tomonidan xarid qilinmaydi. 

Viloyat hokimligi şunday holatlarga duç kelinsa @qvh_murojaat yoki 75 220-03-00 raqamiga murojaat qilişni söragan.