Ledokol Group – marketing kompaniyalari guruhi bölib, 2008 yilda taşkil etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi reklamani mediada joylaştiriş, şuningdek TV va internet reklamadan iborat. Kompaniya Özbekiston Mediakengaşi a'zosi hisoblanadi.

Quyida Dilşod Muzaffarovning AdIndex uçun bergan töliq intervyusi keltirilgan.

Keling, raqamlardan boşlasak. Reklama bozorida nima sodir bölyapti? ADTribune konferensiyasida joriy yilning I çoragida Özbekistonning TV reklamalari hajmida kolossal ösiş kuzatilgani aytildi – ötgan yilning I çoragiga soliştirganda 100 foizdan oşib ketdi. Gap 1 daqiqaga joylangan reklamalar haqida ketyapti. GRP’ga töxtaladigan bölsak, ösiş körsatkiçi taxminan 70 foizni taşkil qilgan. Albatta, aprel va mayda «çökiş» kuzatilgan. Xöş, sizdagi ma'lumotlar qanday?

– Pandemiya körgazmali reklamalarga jiddiy zarar yetkazdi, deb bölmaydi. TV-reklamalar sezilarli darajada ösib bormoqda. TNS KANTAR bergan ma'lumotlarga köra, 2020 yilning birinçi çoragida GRP qariyb 55 foizga ösdi. Bundan taşqari, ösişning 95 foizi töğridan-töğri reklama bloklariga joylaştirilgan reklamalar hisobiga töğri keldi, lekin homiylikda ösiş kuzatilmadi. Şu bilan birga, yangi mijozlar soni kamayganini ham aytib ötiş kerak.

Pandemiya davrida köpgina kompaniyalar digital-reklamaga ötib ketdi. Sizningça, bu bozorda qanday özgarişlar sodir böldi? Umuman olganda, siz monitoring va hisob-kitoblarni qanday yurgizasiz?

– Karantin payti digital’ning qamrovi ança köpaygani sezildi. Ba'zi top saytlarning trafigi bir neça baravarga oşdi. Barçasi muayyan media-maydonga boğliq, lekin umuman olganda, reklama beruvçilar digital’ga köproq pul sarflaydigan böldi. Bu tektonik siljiş va vaziyat barqarorlaşganidan söng odamlar internetdan yana ham köproq foydalanişiga işonamiz.

Taşqi reklama bozorida nimalar bölyapti? Karantin davrida kelişuvlar bekor qilindimi, keyinga qoldirildimi? Konstruksiyalar sonida özgariş böldimi?

– Taşqi reklama uçun rejalaştirilgan budjet asosan digital media’ga ötkazildi. Konstruksiyalar soni köpaymadi – hozir Özbekistonda 11 mingga yaqin konstruksiya bor, ularning 15-20 foizi mediabordlar bölib, ularning soni köpaymoqda. Bu hozirgi kunda bozordagi asosiy trend.