Kun.uz 20 fevral kuni «Şirin şahar hokimi yaşayotgan uyni ta'mirlagan ustalar pulini ololmayapti. Hamma öziça «oppoq» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilgandi.
Maqolada Şirin şahar hokimi, şahar prokurori va IIB boşliği uçun qurib bitkazilgan xizmat uylarida işlagan işçilarning öz iş haqlarini deyarli 4 oydan buyon ololmayotganliklari yoritilgan.
Şirin şahar hokimligi matbuot xizmati holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Hokimlikning ma'lum qilişiça, 2693-sonli prezident qaroriga asosan, respublika böylab davlat organlarining hududiy bölinmalari rahbarlari uçun xizmat uy-joylarining buyurtmaçisi «Qişloq quriliş invest» IK hisoblanadi hamda qarorda bu işlarga davlat hokimiyat organlarining bevosita yoki bilvosita aralaşuvi közda tutilmagan.
«Xususan, Şirin şahrida joylaşgan xizmat uylari qurilişida işlagan işçilarning iş haqlarini ololmayotganliklari ham şahar hokimligi hamda sektor rahbarlariga boğliq bölmagan holat bölib, bu haqda faqat iş haqi böyiça şahar IIBga yozma murojaat qilingan va IIB tomonidan murojaatdagi vaziyat fuqarolik holati bölgani sababli fuqarolik sudiga murojaat qiliş tuşuntirilgan va bu haqda javob xati berilgan», – deyiladi hokimlik munosabatida.
Bayonotda quriliş hali bitmagani va pudratçiga nisbatan jinoyat işi sudda mazmunan körib çiqilayotgani aytilgan.
Hokimlikning ma'lum qilişiça, «Qişloq quriliş invest» IK Sirdaryo viloyati filiali pudratçi taşkilot hisob raqamiga şartnomada körsatilgan mablağ – umumiy summaning 95 foizini töliq ötkazgan va ustalarning iş haqi şu mablağdan tölanişi kerak. Qolgan 5 foiz pulni esa obekt foydalanişga topşirilgan kundan e'tiboran, 12 oy kafolat va ekspluatatsiya muddatidan muvaffaqiyatli ötganidan sönggina tölab beriladi.
Kun.uz'da e'lon qilingan maqolada bu holatlar rad qilinmagan, balki boşqa taraflarning ham fikrlarini keltirib ötilgan edi.


















