Qo‘shma Shtatlar keyingi bir yarim-ikki oy davomida Afg‘onistondagi kontingentini 8,6 ming askardan 4,5 ming askargacha qisqartiradi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari, general Kennet Makkenzi 9 sentabr, chorshanba kuni The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Noyabrga qadar, oktyabrning oxiri-noyabrgacha biz 4,5 ming askar ko‘rsatkichiga yaqinlashamiz», - deya aniqlik kiritdi Makkenzi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik askarlarning ko‘rsatilgan soni Afg‘oniston hududida barcha kerakli vazifalarni bajarish uchun yetarli. Shu bilan birga, «Al-Qoida» va IShID jangarilari amerikalik harbiy xizmatchilarga hujum qilmaydi.

«Bizning strategik manfaatlarimiz, muhim manfaatlarimiz bor, ular bizda «Al-Qoida» va IShID kabi guruhlar u yerda bo‘lmasligi va Qo‘shma Shtatlarga hujum qilishi mumkin emasligiga ishonch uyg‘otadi», - dedi general.

Avvalroq, Makkenzi Iroqda AQSh harbiy kontingenti sentabr oyi oxiriga qadar qisqartirilishini aytgandi - taxminan 5,2 ming askardan uch ming askargacha.