AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Janubi-Şarqiy Osiyo millatlari taşkiloti (ASeAN)ga a'zo davlatlarni Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi harbiy faolligi kuçayişiga qarşi çora körişga çaqirdi.

 Pompeo ASeAN mamlakatlari taşqi işlar vazirlariga onlayn rejimda murojaat qilar ekan, Xitoyning bahsli suvlardagi harbiy faolligiga "sözda emas, amalda" qarşilik körsatiş muhim ekanligini ta'kidladi.

U AQŞ Pekinga qarşi çoralarni qöllab-quvvatlaşini aytdi.

Pompeoning qayd etişiça, Xitoy ASeANning demokratik qadriyatlar, suverenitet, tenglik va hududiy yaxlitlik kabi tamoyillarini hurmat qilmayapti.

«Oldinga qadam taşlaş kerak deb hisoblayman. Şunçaki gapiriş yetarli emas, amalda harakat qiliş kerak. Özingizga işoning. Amerika döst sifatida yoningizda turadi», - deb va'da berdi Mayk Pompeo.