Özbekistonda eng ommaviy sport turi – futbol! Ana şu sport turi bilan nafaqat professional darajada, balki havaskor darajada ham köplab kişilar şuğullanişadi. Mustaqillikning ilk yillarida futbol böyiça milliy çempionatimizda Farğona futboli alohida ahamiyatli örin tutardi. Viloyatning boş jamoasi «Neftçi» köp marta mamalakat çempioni, Osiyo va MDH miqyosidagi turnirlarda yurt şarafini himoya qilgan katta klub edi.

Töğri, ayni paytda «Neftçi» avvalgi mavqeini birmunça boy bergani holda Pro-ligada iştirok etyapti. Biroq, Farğonada professional klublar soni köpayib bormoqda. Yaypanning «Turon», Farğonaning «Istiqlol», Qöqonning «Qöqon-1912» klublari Superliga va Pro-ligada muvaffaqiyatli iştirok etişyapti. Ularning ambitsiyalari ham yuqori.

Viloyatda azaldan futbolga, xossatan, bolalar va yoşlar futboliga e'tibor yetarli darajada bölgan. Bu zamin özbek futboliga yetkazib bergan iqtidorlar talay. Hozir-çi, hozir ahvol qanday? Viloyatda futbolga, ayniqsa bolalar futboliga e'tibor qay darajada? Qanday loyihalar amalga oşiriliş arafasida?

Biz odatda #FootWeek loyihasi doirasida imkon qadar barça hududlardan reportajlar qilişga va muammolarni olib çiqişga örganganmiz. Biroq futbol va uning atrofi muammolardangina iborat emas. Futbolning pozitiv jihatlari ham yetarli. Bu daf'a mini-intervyumizda Farğonada amalga oşirilayotgan yaxşi işlar borasida gaplaşgimiz keldi. Buning uçun Farğona Futbol Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, sobiq futbolçi Nosir Otaqöziyevga yuzlandik. U bizni viloyatda yagona bölgan Futbol markazi bilan taniştirdi.

«Markazda 4 ta sun'iy maydon mavjud», deya gap boşladi Otaqöziyev. «Markaz 5 gektarga yaqin maydonni egallagan. Bu yerda, şuningdek, futzal musobaqalarini ötkazişga möljallangan 28x48 ölçamli zamonaviy zal bor. 100 kişilik majlislar zali, 50 kişilik oşxona, 50 kişiga möljallangan yotoqxona. Kommunikatsiya joyida – suv, issiq suv, isitiş tizimi, elektr ta'minoti. Davlat rahbarining farmoyişi, Vazirlar Mahkamasining qarori va Viloyat hokimi qarori bilan mana şu Futbol markazi FFA balansiga ötkazib berildi. Futbolga va yoşlarga bölgan e'tibor bu. Turli yoşdagi terma jamoalar öquv-maşğulot yiğinlarini ötkazişadi. Avvallari yopiq turgan inşoot endi futbolçilar ixtiyoriga berildi.

Biror bir tölovlarsiz turli yoşdagi, toifadagi jamoalar öynaşlari, maşq ötkazişlari mumkin. Atrof mahallalardagi yoşlar örtasida musobaqa taşkil qilmoqçimiz, ularni barça inventarlar bilan ta'minlaymiz. Şu joyning özida seleksiya işlarini ötkazyapmiz. 50 nafardan ortiq bolalarni seleksiya qilib, tanlab oldik. Uşbu röyxatni klublarga, sport maktablariga berdik. Bu yigitlar orasidan istalganini tanlab olinglar, dedik.