Qayd etilishicha, qurilish materiallari sanoatida geologiya-qidiruv ishlari, mahalliy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash asosida xomashyo bazasini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, sement va oyna ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni va quvvatini sezilarli darajada oshirish orqali, ushbu turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni demonopolizatsiya qilish va kelgusida sement va oynani monopol mahsulot turlari qatoridan chiqarish ko‘zda tutilgan.

Sohadagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun «O‘zsanoatqurilishbank» ATB orqali xorijiy banklarning 175 million dollarlik uzoq muddatli kredit liniyalari jalb qilinadi.

Avvalroq, import qilinayotgan tayyor elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi xabar berilgandi.