Vazirlar Mahkamasining “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qoidalar:

o‘rmon xo‘jaligi hududlarida;

kon qazilma va shaxta inshootlarida;

portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda;

sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda;

havo, suv, temir yo‘l, avtomobil transporti hamda elektr transportida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha talablarni belgilamaydi.

Tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

a) O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar hamda mazkur Qoidalarning talablariga har bir obektda rioya etilishini va bajarilishi nazorat qilinishini ta'minlash;

b) tarkibiy tuzilmalar nizomlarida va obekt xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha majburiyatlarni ko‘zda tutish;

v) obekt bo‘yicha buyruq bilan:

obektning texnologik uskunalarini, shamollatish va isitish tizimlari, yashindan himoya qiluvchi va yerga ulash moslamalarini, aloqa va xabarlash vositalarini, yong‘inga qarshi texnik himoya vositalarini soz holda saqlash va foydalanish uchun hamda tashkilotning obektlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas'ul shaxslarni tayinlash;

obektning yong‘in xavfliligiga ko‘ra yong‘inga qarshi rejim belgilaydigan har bir obekt uchun yong‘in xavfsizligi choralari to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq ishlab chiqilishini ta'minlash;

olovli va boshqa yong‘inga xavfli ishlarni xavfsiz bajarish tartibi va vaqtini belgilash hamda ularni bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;

obektning xodimlari o‘rtasida yong‘in sodir bo‘lgan vaqtdagi majburiyatlarini taqsimlash;

g) tegishli yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq o‘tkazish orqali xodimlarni yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga o‘rgatishni va Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etish;