Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tadbirkorlar va investorlarni tizimda bo‘sh turgan obektlardan foydalanishda hamkorlikka chorlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vazirlikka tegishli bo‘lgan bo‘sh turgan yer maydonlari va sport obektlarini o‘sha hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga taklif qiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bo‘sh turgan yer maydonlari va binolar bo‘yicha to‘liq ma'lumotni tadbirkorlar vazirlik rasmiy saytidan olishlari mumkin.
Hamkorlik bo‘yicha takliflarni mazkur havola orqali talabnoma shaklida to‘ldirib yuborishingiz mumkin.
Murojaat uchun: Yunusov Xurshid Rixsibayevich
Manzil: Toshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi, 2-uy
Telefon: +99871 239-24-56.
Mavzuga oid
13:42 / 10.02.2026
Yangi yerlarni o‘zlashtirishda “investor + loyiha” tamoyili joriy etiladi
15:02 / 11.12.2025
O‘zbek startaplarining katta kompaniyalarga aylanishiga nimalar to‘sqinlik qiladi?
10:15 / 21.11.2025
Polsha investorlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoriga kirib kelmoqda
15:46 / 20.08.2025