Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ eronlik sportchining qatl etilganini qoraladi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi eronlik kurashchi Navid Afqariyning qatl etilganidan karaxt holga tushgan. Bu haqda XOQ bayonotiga tayanib TASS axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq Eronda soqchini o‘ldirish va norozilik namoyishlarida ishtirok etishda ayblangan 27 yoshli kurashchiga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilgandi.
“XOQ bu holatdan karaxt holga tushdi. XOQ prezidenti Tomas Bax joriy haftada Eronning oliy yetakchisi va prezidentiga shaxsan murojaat qilib, Navid Afqariyga shafqat qilishni so‘ragandi”, deyilgan bayonotda. Qo‘mitada sportchining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan.
Bax avvalroq Eron rahbariyatiga maktub yo‘llab, unda Afqariyning afv etilishini so‘ragan. Biroq Tehron XOQ rahbarining bu iltimosini rad etgan.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
09:03 / 12.02.2026
XOQ Berlin olimpiadasi ramzlari tushirilgan futbolkani sotuvdan olib tashladi
19:15 / 10.11.2025