Madrasalarda qabul imtihonlarini o‘tkazish kunlari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi xabar bermoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarida qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, quyidagi hududlardagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

“Muhammad Al-Beruniy” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Turon” markaziy stadioni – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri;

“Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 1A-binosida – Andijon shahar, 3-kichik daha, Mashrab ko‘chasi;

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Navbahor-umid stadioni – Namangan shahri, 5-kichik tuman;

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni – Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 5-uy;

“Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko‘chasi 24-uy;

“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko‘chasi 24-uy;

“Faxriddiy Ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Xorazm sport majmuasi – Urganch shahar, Baynalmilal ko‘chasi 18-uy;

“Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Surxon” sport majmuasi zaxira futbol maydoni – Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 43-B uy;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ta'lim muassasalari bo‘yicha test sinovlari 2020 yil 16 sentabr kuni soat 17:00da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga soat 15:30da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi.