«Tört nafar rasmiy şaxs Sarroj va uning yordamçilari liviyaliklar va xorijiy hamkorlar bilan rejani (ketiş - Interfaks) muhokama qilişgan. Hafta oxirigaça u bu haqda bayonot beradi», deya manbalar sözlarini keltiradi agentlik.

Qayd etilişiça, keyingi oyda Jyenevada mamlakatning bölajak hukumati böyiça muzokaralar ötkaziladi, unda Sarroj hukumat rahbari vazifasini bajaruvçi sifatida iştirok etişi kutilmoqda.

Bloomberg xabarida ta'kidlanişiça, Sarroj sönggi vaqtlarda Tripolidagi siyosatçilar noroziligiga sabab bölgan. Bundan taşqari, mahalliy aholi hukumatni korrupsiya va layoqatsizlikda ayblab namoyişlar ötkaza boşlagan.

Liviyada köp vaqtdan buyon parallel ravişda ikkita ijro organi mavjud: Tripolida Foiz Sarroj boşçiligidagi Liviya milliy kelişuv hukumati va mamlakat şarqidagi Benğozida Xalifa Haftar rahbarligidagi Liviya milliy armiyasi tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Abdulla Abdurrahmon as-Soniyning muvaqqat hukumati. Ğarb naşrlari ma'lumotlariga köra, Benğozidagi hukumatni Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Misr qöllab-quvvatlaydi. Öz navbatida, Tripolidagi BMT tomonidan tan olingan hukumatning döstlari Turkiya, Qatar va Italiya hisoblanadi.