Navoiy viloyati Nurota tumani aholisi va tumanda joylaşgan «Çaşma» ziyoratgohiga taşrif buyuruvçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida Transport vazirligi qoşidagi Uzautotrans service MÇJ tomonidan Toşkent – Nurota yönalişida muntazam avtobus qatnovlari yölga qöyilmoqda. 

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga köra, mazkur yönalişda qatnovlar joriy yilning 15 sentabr kunidan boşlanadi. Toşkent – Nurota yönalişidagi avtobus soat 11:00da “Toşkent” avtovokzalidan harakatlanişni boşlaydi. Nurota avtovokzalidan esa avtobus soat 6:30da Toşkent şahri tomon yölga çiqadi. Uşbu yönaliş çipta narxi 60 000 söm etib belgilangan. 

Çiptalarni "Toşkent" avtovokzali kassalaridan, şuningdek, Uztrans.uz yagona interaktiv axborot portali va avtoticket.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib oliş mumkin.