Toşkent viloyati maxsus komissiyasining topşiriğiga muvofiq, 2020 yilning 15 sentyabridan boşlab Toşkent viloyati hududida yönalişli taksi yönalişlarida “Damas” rusumli yengil avtomobillar qatnovini qayta tiklaşga ruxsat berildi.
Toşkent viloyati hokimligi xabariga köra, bunda bir qator sanitariya va me'yoriy hujjatlarga rioya etilişi talab etiladi.
Ular:
har qatnovga çiqişdan oldin haydovçi va çiptaçilarning tana harorati pirometrlarda ölçanib, 37 daraja va undan yuqori bölgan holatda ularning transport vositasini boşqarişiga yöl qöymaslik;
haydovçilarning tibbiy niqob va qölqopda bölişini hamda transport vositasi salonida haydovçi örindiği yölovçilar örindiğidan şaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan tösilgan holda bölişini ta'minlaş;
yölovçilarning tibbiy niqobda bölişini nazorat qiliş, tibbiy niqobi bölmagan holatda ularning transportga çiqişiga yöl qöymaslik;
transport vositasini doimiy ravişda har qatnovga çiqişdan oldin töliq dezinfeksiyadan ötkaziş;
sanitar işlov berilmagan, texnik körikdan ötmagan, texnik nosoz transport vositasini işga çiqarilişini qat'iyan taqiqlaş.
Şuningdek, taşişlarni pandemiya şaroitida karantin va harakat xavfsizligi, yölovçilar taşiş qoidalariga qat'iy rioya etgan holda amalga oşiriş yuzasidan yölovçi taşiş bilan şuğullanayotgan korxonalar mas'ul xodimlari tomonidan yöriqnomalar ötkazib borilişi talab etiladi.
Bunda har bir transport vositalari litsenziya varaqalari bilan töliq ta'minlangan bölişi şart.
Toşkent viloyati transport boşqarmasi “Damas” avtotransport vositalarida yölovçi taşuvçi korxonalar haydovçilari tomonidan harakat jadvaliga rioya etmaslik, yönaliş sxemasiga amal qilmaslik, karantin qoidalariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan hollarda, korxona rahbari va ularning haydovçilariga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar körilişi haqida ogohlantirgan.

















