12 iyun kuni Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, sessiya işida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalasi faollar iştirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Yiğilişda taşkiliy masala körilgan. Öktam Mingboyeviç Tursunov boşqa işga ötgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan.
Abduvohid Töxtaboyeviç Turdiboyev bugundan e'tiboran Ohangaron tumani hokimi lavozimida iş boşlagan.
Sessiyada Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Rustam Xolmatov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi şö'ba mudiri Abdulla Tursunov, Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari Saidlaziz Saidkarimov iştirok etgan.
Ma'lumot uçun, Öktam Tursunov 2017 yilning iyulidan buyon Ohangaron tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Abduvohid Turdiboyev 1962 yil 8 noyabrda Toşkent viloyati Çinoz tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 1984 yilda Samarqand kooperativ institutini, 1996 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Faoliyatini Sirdaryo viloyati tumanlararo savdo bazasida hisobçilikdan boşlagan. Mehnat faoliyati davomida tayyorlov-savdo uyuşmasi boşqaruvi raisi, Davlat soliq inspeksiyasi (DSI) boşliği örinbosari, Sayxunobod, Çinoz tumanlarida DSI boşliği, Sirdaryo viloyati Davlat soliq boşqarmasi boşliği, Sayxunobod tumani hokimi, Sirdaryo viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasi boşliği vazifalarida faoliyat yuritgan.
Bundan avvalroq Quyi Çirçiq tumaniga yangi hokim, yangi prokuror va yangi boş soliqçi tayinlangani xabar qilingandi.

















