Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Özbekistonda jami 55,5 trln sömlik quriliş işlari bajarilib, ösiş sur'ati 2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 6,5 foizni taşkil etdi.

Davstatqöm xabariga köra, quriliş işlari hajmi yirik quriliş taşkilotlari, kiçik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oşirilgan işlar tarkibi böyiça şakllanadi. 

2020 yilning 1 sentabr holatiga köra, quriliş sohasida korxona va taşkilotlar soni 39,5 mingtani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 mingtaga oşdi.

Jami quriliş sohasidagi korxona va taşkilotlar soni köpayişining asosiy omili bu bino va inşootlar quriş işlarining ötgan yilga nisbatan 6,6 foizga (jami qurilişdagi uluşi 58,0 foiz), fuqarolik obektlarini quriş 21,6 foizga (jami qurilişdagi uluşi 9,5 foiz), ixtisoslaştirilgan quriliş işlarining 19,4 foizga (jami qurilişdagi uluşi 32,5 foiz) ösişidir.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida, jami quriliş işlari hajmi tarkibida yirik quriliş taşkilotlari tomonidan bajarilgan quriliş işlari hajmi 14,8 trln sömni taşkil etdi. 

Quriliş işlari 2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 27,2 foizga köp bajarilgan bölib, jami quriliş işlari hajmidagi uluşi 2019 yilning mos davridagi körsatkiç darajasidan 4,3 foiz punktga köpayib, 26,8 foizni taşkil etdi.