Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tomonidan bir neçta fuqarolarning murojaatlariga asosan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Mahkama xabariga köra, unda fuqaro T.R. va boşqalar özlarini göyoki, “N.” xorijiy kompaniyasining Qaşqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida taniştirib, 17 ta xorijiy kompaniyalarning soxta aksiyalarini sotiş evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarolardan jami 9 mln AQŞ dollari yiğib olişgan. 

Fuqaro T.R. va boşqalar yanada köproq pul mablağlarini jalb etiş hamda mijozlar sonini orttiriş maqsadida, yiğib olingan 9 mln AQŞ dollari hisobidan 800 ming AQŞ dollarini fuqarolarga foiz hisobida berişgan.

Bundan taşqari, T.R. öziga 78 ming AQŞ dollariga “Volkswagen”, öğli A.N. nomiga 2 ta “Lasetti” rusumli avtomaşinalarini hamda Qarşi şahridan savdo dökoni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallaştirgan.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.