Uçraşuv avvalida davlatimiz rahbari koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalişi bilan boğliq zamonaviy xavf-xatarlarga qaramay mamlakatlarimiz örtasidagi faol muloqot davom etayotgani va köp qirrali Özbekiston-Rossiya hamkorligi sur'ati saqlab qolinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlari ortayotgani kuzatilmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oşirilyapti, qöşma korxonalar soni köpaydi.
Özbekiston prezidenti koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşişda yaqin va samarali hamkorlik yölga qöyilganini alohida ta'kidladi.
Rossiya hukumati raisining örinbosari Aleksey Overçuk uçraşuv ötkaziş imkoniyati uçun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Mixail Mişustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Iqtisodiy kooperatsiya böyiça uzoq muddatli dastur tayyorlaş, qöşma investitsiya loyihalarini ilgari suriş, mamlakatlarimiz hududlari örtasidagi amaliy aloqalarni faollaştirişga alohida e'tibor qaratildi.
Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik munosabatlari kun tartibini yangi mazmun bilan boyitiş maqsadida hamkorlikdagi ustuvor dastur va loyihalarni jadallaştiriş muhimligi ta'kidlandi.
Şuningdek, mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va MDH doirasidagi yaqin muloqotlarni davom ettiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

















