20 yoshli sportchi Sergey Bubkaning 26 yillik rekordini yangiladi
17 sentabr, payshanba kuni Italiyaning Rim shahrida yengil atletika bo‘yicha «Brilliant liga» musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi, deya yozadi MOQ matbuot xizmati.

Foto: EPA
Ahamiyatlisi, unda erkaklar o‘rtasida langarcho‘pga tayanib sakrash yo‘nalishida shvetsiyalik Arman Dyuplantis ukrainalik afsonaviy Sergey Bubkaning rekordini yangiladi.
1994 yil Sergey Bubka ochiq havodagi musobaqalarda 6.14 metrdan sakrab o‘tgan va 26 yil davomida hech kim bu natijani yangilay olmayotgan edi. Kecha, tunda 20 yashar Dyuplantis ushbu rekordni 1 smga yangiladi.
«Armanni mening rekordimni yangilagani bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ajoyib natija! Uning ota-onasi, o‘zi va yengil atletika uchun xursandman. Sportda u kabi yoshlar yetishib chiqmoqda. Kelajakda Armanga yanada baland marralarni zabt etishini tilab qolaman», – dedi Sergey Bubka.
«Va nihoyat, yangi jahon rekordi! Bu juda ajoyib! Men bu balandlikka sakrashni juda xohlagan edim. So‘nggi paytlarda ko‘pchilik bu haqida gapirar va mening yelkamda shu mish-mishlarning yuki turar edi. Tushundimki, odamlar mendan qachon rekordni yangilaysan, deb doim so‘rayvermasliklari uchun bu ishni qilishim kerak bo‘ldi. Kelasi hafta Dohadagi bosqichda ham bu natijani yaxshilab ko‘rishga harakat qilaman. Ana undan keyin hordiq chiqarib, bu natijamni bayram qilaman», – dedi Arman Dyuplantis.
Eslatib o‘tamiz, Dyuplantis joriy yilning fevral oyida yopiq inshootlardagi musobaqalarda ham jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan edi (6.17 m).
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
O‘zbekiston | 17:41
-
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
O‘zbekiston | 17:38
-
Har yili 1 million o‘quvchi O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 17:31
-
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
Jamiyat | 17:02
Mavzuga oid

13:23 / 22.04.2025
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi

18:07 / 06.12.2024
World Athletics O‘zbekistonni kuzatuv ro‘yxatidan chiqardi

14:40 / 02.12.2024
Yaroslava Maguchix 2024 yilda dunyoning eng yaxshi yengil atletikachisi bo‘ldi

08:46 / 04.08.2024