“Ötgan öquv yili pandemiya şaroitida tugatilganligi sababli öquvçilardan darsliklarni töliq yiğib oliş imkoniyati bölmadi. Ayni vaqtda maktablarning 75 foizida an'anaviy ta'lim jarayoni boşlanmagani uçun foydalanilgan darsliklar maktabga qaytarilmagan. Şu bois öquvçilarning darsliklar bilan ta'minlanişida muammolar yuzaga kelmoqda.
Bundan taşqari, karantin davrida ba'zi bosmaxonalarda kitob çop etiş bilan boğliq muammolar yuzaga keldi. Joriy yil 1 oktyabrgaça barça maktablar darsliklar bilan töliq ta'minlanişi çora-tadbirlari körilmoqda. Darsliklar bilan töliq qamrab olingunga qadar öquvçilar elektron darsliklardan foydalanişlari mumkin. Darsliklar elektron varianti Xalq ta'limi vazirligi axborot-ta'lim portali (eduportal.uz) va rasmiy veb-saytga (uzedu.uz) joylaştirilgan,” – deya ma'lumot berdi Rustamova.

















