Özbekistondagi şaxsiy tomorqalarda ertagi, örtagi va töqsonbosti usulida hosil olişga erişilsa, qariyb 6,5 mln tonna hosil oliş imkoni paydo böladi. Raqamlarda aytilsa, salkam 7 trln söm qöşimça daromad deganidir. Xalqaro Press-klubning 11 yanvardagi sessiyasida şu haqda söz bordi. Şu maqsadda tumanlar va qişloqlardagi şaxsiy tomorqalarni xatlovdan ötkaziş işlari olib borilmoqda. 

“Statistik ma'lumotlarga köra, 2017 yilda tomorqalarda 2 mln 700 ming tonna atrofida sabzavot va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirilgan. Bu tomorqa katta daromad manbai ekanini isbotlamoqda. Ya'ni odamlarning iste'mol savatçasi, oila byudjyeti boyişini va turli tölovlarni öz vaqtida tölaşini anglatadi”, - dedi Oliy Majlis Senatining agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi a'zosi Bahodir Yusupov. 

Foto: Xalqaro press klub

Uning aytişiça, bugungi kunda har bir qişloq xonadoni örganilib, ma'lum bir aholi punktiga qança pomidor köçat kerakligi, boşqa biriga kartoşka uruği lozimligi hisob-kitob qilinadi. Şundan söng, tuman hokimlari oldida navbatdagi vazifa turadiki, u ham bölsa, şaxsiy tomorqasiga ekin ekkan fuqaroning uyidan hosilni markazlaştirilgan holda olib ketib, hosilning pulini plastik kartoçkasiga ötkazişni ta'minlaşdir. Agar şunday tizim yölga qöyilsa, odamlarda tomorqalaridan foydalanişda manfaatdorliklari oşadi, ularga dehqonçilik qilişlariga turtki böladi.