Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumani boş imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etdi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, marhum diniy sohada köp yillar samarali xizmat qilgan. U Yakkaboğ tumani boş imomi böliş barobarida "Eski Qörğon" jome masjidida imom-xatiblik qilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ulamoning vafoti munosabati bilan çuqur ta'ziya izhor etgan.

KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.