Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqaldi.

Boş prokuratura xabariga köra, 2020 yil 20 sentabr kuni soat 06:00larda Yunusobod tumani, A.Temur köçasida joylaşgan tungi klubidan çiqqan şaxslar köçada turgan boşqa bir guruh şaxslar bilan özaro janjallaşgan.

Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bölgan piçoq bilan 4 nafar şaxsga bir neça marotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yaşiringan.

Oqibatda, 2 nafar şaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarining hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan şu kuni Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

S.X. protsessual tartibda uşlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.