DTM agar javoblar e'lon qilinsa, abituriyent özining talaba bölgani yoki yöqligi haqida qanday bilib olişi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Test sinovlarining yakuniy natijalari e'lon qilingandan söng, tanlov natijalarini 3 xil usulda biliş mumkin böladi.

Abituriyentning şaxsiy kabineti orqali:
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uçun şaxsiy kabinet yaratilgan bölib, abituriyentlar birinçi usulda abitur.dtm.uz saytidagi şaxsiy kabinetiga kiriş orqali tanlov natijalarini bilişlari mumkin.

SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID’sini yuborgan holda bilişlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari böyiça SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud)

Test natijalari qaydnomasi orqali:
Şuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.