«Grippga qarşi vaksina bilan maxsus taşkil qilingan emlaş markazlariga borgan holda emlaniş mumkin. Aholimiz yurtimizdagi mavjud vaksinalarning sifatiga şubha qilmasa ham böladi. Çetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli muassasasi tomonidan tekşirilib, amaliyotga joriy qilişga ruxsat beriladi. Yurtimizga turli davlatlardan samaradorligi eng yuqori bölgan vaksinalar olib kelinadi. Vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro öz xohişiga köra turli davlatda işlab çiqilgan vaksinadan birini tanlaydi.
Mavsumiy grippga qarşi vaksina organizmda 15 kun içida mikroblarga qarşi immunitet işlab çiqadi. Ta'sir kuçi 1 yilga yetadi. Emlaşdan oldin şifokor tomonidan albatta emlanuvçi şaxsning umumiy salomatligi tekşirilib, şunga köra vaksinatsiya qiliş-qilmaslik belgilanadi. Ya'ni, emlanadigan kişi şamollaş, nafas oliş yöllari yalliğlanişi kabi kasalliklardan tamoman soğlom bölişi kerak.
Şuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta'sirçanlik darajasi ham tekşiriladi. Şuning uçun vaksinatsiyadan oldin şifokor körigidan ötiş tavsiya etiladi», dedi ştab a'zosi AOKAda ötkazilgan brifingda.
















