Jizzax viloyati Foriş tumani Nurak mahallasi hududidan ötuvçi Jizzax - Qizilça 4/R-36 yölining 48-kilometrida yöl-transport hodisasi röy berdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, Foriş tumani "Osmonsoy" mahalla fuqarolar yiğinida yaşagan, 1975 yilda tuğilgan M.A. akasiga tegişli "GAZ-3102" rusumli avtoulov boşqaruvini yöqotişi oqibatida yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketib, Lacetti’ga urilgan.
Oqibatda, Lacetti haydovçisi, "Osmonsoy" mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi, 1989 yilda tuğilgan Ş.E. çap oyoq boldir suyagining sinişi taşxisi bilan Foriş tumani tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. "GAZ-3102" haydovçisi esa olingan tan jarohatlari natijasida şifoxonada körsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etdi.
Holat böyiça Foriş tumani IIB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari amalga oşirilmoqda.
















