«Böstonliq tumani Ğazalkent şahrida istiqomat qilgan 11 yoşli bu bemor 5 sentabr kuni ertalab soat 8:00da tuman tibbiyot birlaşmasi qabul bölimiga tez tibbiy yordam maşinasida olib kelingan.

Ma'lumki, 5 sentabr kuni hali maktablar öz faoliyatini boşlamagandi. Şuning uçun bola maktabga hali bormagan bölgan. Tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelinganida bemorda burundan qon ketişi, tana haroratining 38 darajaga kötarilişi, nafas siqişi kuzatilgan. Kökrak qafasi rentgeni qilinganda öpkaning 50 foiz zararlanişi aniqlangan.

U 2012 yildan buyon surunkali glomerulonefrit, nefrotik şakli, surunkali buyrak yetişmovçiligi, kamqonlik va semizlikning uçinçi darajasi taşxisi bilan dispanser nazoratida turgan va nogironlik nafaqasi olib kelgan. Bemor Böstonliq tuman tibbiyot birlaşmasida infeksionist, reanimatolog, pediatr şifokorlari tomonidan konsilium qilingan va unga koronavirus taşxisi qöyilib, tezkor tartibda Çirçiq şahridagi şu sohaga ixtisoslaşgan şifoxonaga keltirilgan.

Körilgan davo çoralariga qaramasdan, bemor surunkali glomerulonefrit, buyrak yetişmovçiligining terminal bosqiçi, semizlik va anemiyaning uçinçi darajasi, ikki tomonlama pnevmoniyaning oğir şakli natijasida vafot etgan.

Ha, koronavirus bolalarda aksariyat hollarda yengil şakldagi ÖRVI singari tomoq oğriği, yötal, burun oqişi va aksiriş bilan keçadi.

Lekin bolalarda ham boşqa surunkali kasalliklar bölsa, ular uşbu kasalliklari qözğaliş davrida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olişsa, ularda ham kasallik oğir keçiş holatlari kuzatilişi bir neça marta ta'kidlab ötilgan.

11 yoşli bemorda ham asosiy kasalliklari hisobiga kasallik oğir keçgan. Şuning uçun ota-onalar şuni yodda tutişlari kerakki, agarda bolalarda surunkali kasalliklar bölsa, ular hududiy şifokorlari bilan muntazam aloqada bölişlari va öz vaqtida dispanser körigidan ötib, davolanişlari şart.

Şuni yodda tutiş kerakki, bolalarda ham kasallik ötkazib yuborilsa va şifokorga keç murojaat qilinsa hamda ularda nafas oliş tizimi va boşqa a'zolarning surunkali kasalliklari mavjud bölsa, ularda ham kasallik oğir keçişi va ölimga ham olib kelişi mumkin», dedi Barno Abdusamatova AOKAdagi brifingda.