BAAning Air Arabia Abu-Dabi LLC aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam parvozlarni amalga oşiriş uçun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar berdi.

Özbekiston hukumati va Birlaşgan Arab Amirliklari hukumati örtasida imzolangan Havo qatnovi töğrisidagi bitim asosida «Özaviatsiya» agentligi tomonidan Air Arabia Abu-Dabi LLC kompaniyasiga Abu-Dabi – Toşkent – Abu-Dabi yönalişlarida muntazam parvozlarni amalga oşiriş uçun 2020 yil 9 sentyabrda 3-K sonli Foydalaniş ruxsatnomasi berildi. 
  
Aviakompaniya mazkur yönalişda Özbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oşirişini ma'lum qildi, deyiladi xabarda.
 
Air Arabia Şarja va Iskandariya aeroportlaridan, şuningdek Marokaşdagi törtta aeroportdan Yaqin Şarq, Janubi-Şarqiy Osiyo, Yevropa va MDHga yölovçilar taşiş bilan şuğullanuvçi, boş qarorgohi Şarjada joylaşgan aviakompaniyadir.

Aviakompaniya Yaqin Şarqdagi dunyoning 89ta şahriga parvozlarni amalga oşiruvçi birinçi hamyonbop aviakompaniya hisoblanadi. Air Arabia’ning köplab past budjetli aviataşuvçilardan farqi şundaki, u Şarja şahridagi bazaviy aeroportda töxtab ötiş bilan yönalişlar örtasida parvozlarni taklif etadi. Şuningdek, aviakompaniya bepul bagaj taşiş xizmatini ham taqdim etadi. Aviakompaniya öz tarkibiga kiruvçi korxonalarga ega - Misrning Iskandariya şahrida joylaşgan Air Arabia Egypt va Kasablankadagi Air Arabia Maroc.